DXX Hajga yuborishni va’da qilganlarni qo‘lga oldi
3-sahifa
−
03 iyun 3459 2 daqiqa
Andijon, Qashqadaryo, Namangan viloyati va Toshkent shahrida fuqarolarni noqonuniy yo‘llar bilan Haj ziyoratiga yubormoqchi bo‘lgan shaxslar qo‘lga olindi va ularga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Andijon viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Andijon shahrida yashovchi 1966 yilda tug‘ilgan muqaddam bir necha marotaba sudlangan shaxs aldov yo‘li bilan o‘zgalarning ishonchiga kirib, hozirda faoliyat yuritmayotgan Andijon shahridagi turistik firma nomidan 10 nafar fuqaroni Haj ziyoratiga yuborishini aytib, evaziga har biri uchun 5 ming dollardan jami 50 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Qashqadaryo viloyatida kuzatilgan holatda esa Qarshi shahrida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi, 1985 yilda tug‘ilgan shaxs firibgarlik yo‘li bilan fuqaroning ishonchiga kirib, u va uning qarindoshini poytaxtdagi tanishlari orqali Haj ziyoratiga yuborish evaziga 14 ming dollar olgan vaqtida ushlandi.

Shuningdek, Namangan shahridagi mahalliy turistik firmalardan birining menejeri 2 nafar fuqaroni Saudiya Arabistoniga Haj amallarini ado etish uchun yuborish evaziga 20 ming dollar talab qilib, oldindan 10 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olindi.
Bundan tashqari, Toshkent shahrida faoliyat yurituvchi turistik firma ishchisi Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida yashovchi fuqaroning ishonchiga kirib, uni Haj ziyoratiga yuborish evaziga Qo‘qon shahrida 9 ming dollar olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan uning noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Sirdaryo va Farg‘ona viloyatida Haj ziyoratiga yuborishni va’da qilib, odamlardan pul olgan shaxslar qo‘lga tushgandi.
Live
Barchasi