Diyora Usmonova xayriya loyihasiga boshchilik qilyapti (video)

Jamiyat

O‘zbekistonlik taniqli xonim, ayni vaqtda Turkiyaning Istanbul shahrida istiqomat qilib kelayotgan Diyora Usmonova xayriya loyihasiga boshchilik qilmoqda. 

QALAMPIR.UZ’ga ma’lum bo‘lishicha, Diyora Usmonova ijtimoiy tarmoqlar orqali yuritalayotgan "Bright Future" nomi ostidagi xayriya loyihasiga boshchilik qilmoqda. 

Ushbu xayriya loyihasi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan bo‘lib, u yetti yoshdan yetimish yoshgacha bo‘lgan kishilarni qamrab oladi. Boquvchisini yo‘qotgan, nochor ahvolda qolgan, betob, imkoniyati cheklangan, nogironligi mavjud, mehribonlik uylari yaki qariyalar uyida qolayotgan, imkoniyati cheklangan bolalar uchun maxsus maktab-internatlarda tahsil olayotgan bolalar va keksalar ushbu loyihaga maktub yo‘llashlari va ehtiyojlari bor buyum haqida ma’lumot berishlari imkoniyat yuratilgan. 

Diyora Usmonova ushbu xayriya loyihasi haqida gapirarkan, shunday deydi: 

“Bu bizning emas, ko‘proq sizning tashkilotingiz. Chunki 80 foiz xayriya ishlari siz tomoningizdan qilingan. Men bu tashkilot faoliyatiga o‘z hissasini qo‘shayotgan sahiy insonlarga o‘z minnatdorchiligimni bildirmoqchiman. Ular chuqur mushohada va beminnat qilayotgan yaxshiliklari o‘zlariga 2-3 baravar ortig‘i bilan qaytadi? Bitta o‘q bilan janggi kirgan harbiy – harbiy emas. Aminmanki, biz bargalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan katta miqyosidagi maqsadlarga erisha olamiz”.

Eslatib o‘tamiz, Diyora Usmonova 2016 yilda MDHda “Botir alyuminiy” nomi bilan tanilgan tadbirkor Botir Rahimovga turmushga chiqqan edi. Ularning Ikromjon ismli o‘g‘illari bor. Diyora Usmonovaning birinchi turmushi – marhum bir Bobur Usmonov bilan oilasidan Maryam ismli qizi bor. 


Maqola muallifi

Teglar

Diyora Usmonova

Baholaganlar

953

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing