Diyora Keldiyorova yilning eng yaxshi ayol dzyudochisi sovriniga da’vogarlik qilmoqda (video)

Sport

image

Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF) “Female Judoka of the Year” nominatsiyasi bo‘yicha nomzodlarni e’lon qildi va o‘zbekistonlik Diyora Keldiyorova yilning eng yaxshi ayol dzyudochisi bo‘lishga da’vogarlik qilmoqda. Bu haqda IJF rasmiy sayti xabar berdi.

Diyora Keldiyorovadan tashqari Alise Bellandi (Italiya), Krista Deguchi (Kanada), Andreya Leski (Sloveniya), Barbara Matich (Xorvatiya), Beatriz Souza (Braziliya) va Natsumi Sunoda (Yaponiya) kabi dzyudochilar nomzodlar qatorida qayd etilgan.

Qayd etish joiz, Diyora Keldiyorova dzyudo bo‘yicha Parij-2024 Olimpiada o‘yinlari finalida kosovalik Distria Krasnichini mag‘lub etib, oltin medalga sazovor bo‘lgandi. 

Ma’lumot o‘rnida, Diyora Keldiyorova joriy yil O‘zbekiston Olimpiya tarixiga kirdi. Sababi, shu vaqtgacha hech qaysi o‘zbekistonlik dzyudochi 4 yillikning eng nufuzli turnirida oltin medalni qo‘lga kiritmagandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Keldiyorova O‘zbekistonda yilning eng yaxshi ayol sportchisi, deb e’tirof etilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

dzyudo Diyora Keldiyorova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing