Diyora Keldiyorova Olimpiada chempioni bo‘ldi
Sport
−
28 iyul 2024 19148 1 daqiqa
Diyora Keldiyorova O‘zbekiston tarixida yozgi Olimpiadada oltin medal yutgan ilk ayol sportchi sifatida tarixdan joy oldi. Bu O‘zbekistonning bu yilgi Olimpiadadagi dastlabki medaliga aylandi.
Hali shu paytgacha o‘zbekistonlik ayol sportchilardan hech kim bunday muvaffaqiyatga erishmagan. Hozirgacha yozgi Olimpiya o‘yinlarida Yekaterina Xilko bronza medalini qo‘lga kiritgan (Pekin-2008, tramplinda sakrash) va ayollar orasida medal olgan yagona sportchi edi.
Keldiyorova finalda kosovalik Distria Krasnichi ustidan g‘alaba qozondi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr