Diyora Keldiyorova “Katta dubulg‘a” musobaqasida chempion bo‘ldi

Sport

image

Bugun, 4 noyabr kuni Ozarbayjonda dzyudo bo‘yicha “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi musobaqa start oldi. Birinchi kungi bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi 1 tadan oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritdi. 

So‘nggi musobaqalarda ajoyib kurashi bilan o‘z vaznida jahon elitasi qatoriga kirib borayotgan Diyora Keldiyorova -52 kg vazn toifasida oltin medalni qo‘lga kiritdi. O‘zbekistonlik sportchi hal qiluvchi bahsda mo‘g‘ulistonlik Sosorbaram Lxagvasuren ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi. Ushbu muvaffaqiyat Keldiyorova uchun Parij-2024 Olimpiadasi yo‘lida 500 reyting ochkosini taqdim qiladi. 

Shuningdek, Sita Qadamboyeva (-52 kg) bronza medali uchun bahsda polshalik Aleksandra Kaleta ustidan g‘alaba qozondi. Bu Qadamboyeva uchun faoliyatida “Katta dubulg‘a” turnirlaridagi ilk medal bo‘ldi. 

Afsuski, Kamron Nurillayev (-60 kg) uchunchi o‘rin uchun bahsda imkoniyatni boy berib, musobaqani kuchli beshlikda yakunladi.


Maqola muallifi

Teglar

Diyora Keldiyorova

Baholaganlar

171

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing