Namangan viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Jamiyat

image

Kecha, 26 fevral kuni Ayubxon Aribdjanovich Kamalov Namangan viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Viloyat Matbuot xizmatining xabar berishicha, tayinlov to‘g‘risidagi hokim qarori qabul qilingan.

Ayubxon Kamalov 1971 yilda Namangan shahrida tug‘ilgan, 1993 yili Leningrad qishloq xo‘jaligi institutini, 2001 yili Namangan muhandislik-pedagogika institutini (sirtqi) tamomlagan.

U 2012-2017 yillarda Moliya vazirligida turli lavozimlarda faoliyat olib borgan, 2017-2019 yillarda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ijrochi direktori lavozimlarida ishlagan.

Ma’lumot uchun, Ayubxon Kamalov bu lavozimda 2017 yilning avgustidan buyon ishlab kelayotgan Alisher Fayzullayev o‘rnida ish boshladi.


Maqola muallifi

Teglar

Namangan tayinlov Ayubxon Kamalov

Baholaganlar

86

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing