Diplomi maxsus sinovlarsiz tan olinadigan xorijiy OTMlar ro‘yxati tasdiqlandi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda diplomlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadigan xorijiy oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlandi. Bu haqda Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi ma’lum qildi.

Ta’lim inspeksiyasi va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining qo‘shma qarori bilan Xalqaro tan olingan Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities tashkilotlari tomonidan e’lon qilingan oliy ta’lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatiga kiritilgan oliy ta’lim muassasalarining 2021 yil uchun ro‘yxati tasdiqlandi.

Ma’lumot uchun, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 24 iyundagi “Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish tartibini takomillashtirish haqida”gi 620-son qaroriga muvofiq, ushbu ro‘yxatga kiritilgan, ya’ni xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning (QS, THE, ARWU) reytingida birinchi 1000 talik ro‘yxatidan joy olgan xorijiy oliy ta’lim muassasalarida olingan diplomlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) tan olinadi.

OTMlar ro‘yxati bilan ushbu havolada tanishishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

OTM

Baholaganlar

856

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing