Diplomatik pasportga ega O‘zbekiston va Hindiston fuqarolariga vizasiz rejim joriy etildi

Jamiyat

image

4 apreldan e’tiboran O‘zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Hindiston Respublikasi Hukumati o‘rtasida diplomatik pasport egalarini viza talabidan ozod etish to‘g‘risidagi Bitim kuchga kirdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil 30 sentyabr – 1 oktyabr kunlari Hindistonga amalga oshirgan tashrifi doirasida Dehli shahrida imzolangan edi. 

Hujjatga binoan diplomatik pasportga ega O‘zbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasi fuqarolari ikki tomon hududlariga viza rasmiylashtirmasdan 60 kungacha kirish, chiqish va unda bo‘lish huquqiga egadirlar. 

Bitim diplomatik pasportga ega bo‘lgan ikki davlat rasmiy vakillarining o‘zaro safarlari chog‘ida tashkiliy masalalarni tezda hal qilish imkonini beradi. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Viza O'zbekiston-Hindiston

Baholaganlar

13

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing