Viza uchun ma’muriy to‘lov miqdori ko‘tariladi – AQSH elchixonasi

Jamiyat

image

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Toshkentdagi elchixonasi viza to‘lov narxlari ko‘tarilishini aytmoqda. Bu haqda elchixona o‘zining rasmiy sahifasida e’lon qildi.

Keltirilishicha, viza uchun ma’muriy to‘lov miqdori o‘zgarishi joriy yilning 30 may kunidan emas, 17 iyundan e’tiboran kuchga kiradi. Shunda AQSH turistik viza toifasiga hamda petitsiya talab etmaydigan noimmigratsion viza turlariga murojaat etuvchilar uchun ma’muriy to‘lov miqdori 160 AQSH dollaridan 185 AQSH dollariga oshadi.

Petitsiya asosida bo‘lgan (H, l, O, P, Q va R) viza toifalariga murojaat etuvchilar uchun ma’muriy to‘lov miqdori 190 AQSH dollaridan 205 AQSH dollariga ko‘tariladi. 

Vizaga murojaat etish bo‘yicha batafsil ma’lumotga rasmiy veb-sahifalari orqali ega bo‘lish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Viza AQSh elchixonasi ma'muriy to'lov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing