Diplomat eri tomonidan zo‘ravonlikka uchragan qozog‘istonlik ayol vataniga qaytarildi

Olam

image

Avvalroq qozog‘istonlik diplomatning rafiqasi 10 yildan beri zo‘ravonlikka uchrayotganini aytib chiqqandi. Shundan so‘ng ayol Dubaydan vataniga qaytarildi. Bu haqda “NeMolchiKZ” fondi xabar berdi.

Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi turmush o‘rtog‘i tomonidan zo‘ravonlikka uchragan Karina Mamashning mamlakatga qaytish parvozini tashkil qilib bergan.

Karinaning onasi hozir hammasi yaxshi ekanini ta’kidlab, qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirgan.

Biroq, fond xodimlarining aytishicha, oldinda hali uzoq jarayon bor: muntazam zo‘ravonlik uchun diplomat Saken Mamashni javobgarlikka tortish hamda Karinaning bolalari bilan yashash joyini aniqlash kerak.

Shuningdek, ajrashish, mulkni bo‘lish va aliment undirish tartib-qoidalaridan o‘tish kerak bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘istonning Birlashgan Arab Amirliklaridagi elchixonasi maslahatchisi Saken Mamash o‘z xotinini muntazam kaltaklab kelgan va hatto 5 may kuni rafiqasining singlisiga nisbatan ham kuch ishlatgan. 

Ayrim nashrlarning yozishicha, Qozog‘iston Tashqi ishlar vazirligi BAAdagi elchixona maslahatchisi Saken Mamashni zudlik bilan chaqirib olgan.


Maqola muallifi

Teglar

qozog'istonlik diplomat Karina Mamash Saken Mamash

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made