Diniy tashkilotlar ochilishi bo‘yicha qo‘shimcha izoh berildi
Jamiyat
−
13 avgust 2020
8937Avval xabar berganimizdek, Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan shu yil 17 avgust, dushanba kunidan e’tiboran mamlakatdagi barcha diniy tashkilotlar o‘z faoliyatini davom ettiradi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita diniy tashkilotlar ochilishi bo‘yicha izoh berdi.
Qo‘mita “Barcha diniy tashkilotlar” deganda mamlakatdagi barcha din vakillariga tegishli ibodat maskanlari nazarda tutilganini eslatib o‘tgan. Bunga masjidlar, cherkovlar, sinagogalar va boshqalar kiradi.
Ijtimoiy tarmoqlarda ko‘tarilayotgan ayrim savollar va mulohazalarga oydinlik kiritish maqsadida tashkilot quyidagilarni ma’lum qildi.
Birinchidan, masjidlarda kunlik besh mahal namoz, cherkov, sinagoga va boshqa ibodat maskanlarida har kunlik ibodatlar to‘liq bajariladi.
Ikkinchidan, masjidlarda juma namozi, cherkov va sinagogalarda bajariladigan shanba va yakshanba kunidagi ommaviy ibodat marosimlari Respublika maxsus komissiyasining qaroriga muvofiq vaqtincha to‘xtatib turiladi.
“Muhtaram yurtdoshlar, belgilangan karantin tartib-qoidalariga amal qilaylik. O‘zimiz va yaqinlarimiz salomatligini asrab-avaylaylik!”, deyiladi qo‘mita bayonoti so‘ngida.
LiveBarchasi