Diniy ta’lim muassasalariga hujjat qabul qilish muddati e’lon qilindi
Jamiyat
−
14 iyun 2022
69332022/2023 o‘quv yili uchun O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta-maxsus diniy ta’lim muassasalariga abituriyentlarning hujjatlari offlayn shaklda ta’lim muassasasi qabul hay’ati tomonidan qabul qilinadi. Bu haqda Musulmonlar idorasi Ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi xabar berdi.
O‘rta-maxsus islom ta’lim muassasalariga hujjatlar 20 iyundan 10 iyulgacha (shu kuni ham soat 18:00 gacha) qabul qilinadi.
Talab qilinadigan hujjatlar:
• ta’lim muassasasi rahbari nomiga ariza;
• pasport yoki ID karta nusxasi (asli ko‘rsatiladi);
• ma’lumoti to‘g‘risida attestat yoki diplom (asl nusxasi);
• 3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (oxirgi uch oyda olingan va orqa foni oq rangda bo‘lishi kerak);
• chet tili bilishi to‘g‘risidagi sertifikat (ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatda ko‘rsatilgan chet tilidan boshqa xorijiy til bo‘yicha test topshiruvchilar uchun) asl nusxasi.
Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasiga 20 iyundan 20 iyulgacha (shu kuni ham soat 18:00 gacha) hujjatlar qabul qilish davom etadi.
Hadis ilmi maktabiga 20 iyundan 10 iyulgacha (shu kuni ham soat 18:00 gacha) hujjatlar qabul qilinadi.
Talab qilinadigan hujjatlar:
• ta’lim muassasasi rektori nomiga ariza;
• pasport yoki ID karta nusxasi (asli ko‘rsatiladi);
• o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasini tamomlagani to‘g‘risidagi hujjat (diplom) asl nusxasi;
• 3,5 x 4,5 hajmdagi 6 dona rangli fotosurat (so‘nggi uch oyda olingan hamda orqa foni oq rangda bo‘lishi talab etiladi);
• “Yagona olimpiada” tanlovi diplomi (tanlovda 1-, 2- va 3-o‘rinni egallagan ishtirokchilar uchun).