Dilshod Axatov O‘zbekistonning Germaniyadagi elchisi vazifasida ish boshladi
Jamiyat
−
28 Sentabr 2023
3287Prezident Shavkat Mirziyoyevning Germaniyaga tashrifi arafasida O‘zbekistonning yangi elchisi Dilshod Axatov Berlinga bordi. Bu haqda "Dunyo" axborot agentligi xabar berdi.
51 yoshli Dilshod Axatov O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasini 2020 yildan buyon boshqarib kelayotgan edi. U Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Moskva davlat xalqaro munosabatlar institutida o‘qigan.
Axatov TIV tizimida stajyor sifatida ish boshlagan hamda boshqarma va Bosh boshqarma boshlig‘i, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
2010−2013 yillarda u Germaniyada elchi va o‘rindoshlik bo‘yicha Shveysariya, Chexiya, Shvetsiya va Ispaniyada elchi bo‘lgan.
Dilshod Axatov 2017 yildan buyon ushbu lavozimda ishlab kelayotgan Nabijon Qosimov o‘rnini egalladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Berlinga borishi haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi