Dilfuza Qambarova Shiringa hokim bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 29 dekabr kuni Dilfuza Yigitaliyevna Qambarova Sirdaryo viloyatining Shirin shahri hokimi lavozimiga tasdiqlandi va O‘zbekistonda ayol hokimlar soni yana bittaga oshdi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Shirin shahrida bo‘lib o‘tayotgan Xalq deputatlari Shirin shahar kengashining navbatdan tashqari sessiyasida yana bir tashkiliy masala ko‘rilgan. Shu kunga qadar shahar hokimi vazifasida faoliyat olib borgan Niyoz Namozboyevich Hazratqulov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Shirin shahar hokimi vazifasidan ozod etilgan. Deputatlar tomonidan Dilfuza Yigitaliyevna Qambarova Shirin shahar hokimi lavozimiga tasdiqlangan.

Ma’lumot uchun, Dilfuza Qambarova 1975 yilda Guliston shahrida tavallud topgan. Ushbu tayinlovga qadar aksiyadorlik-tijorat Xalq banki Sirdaryo viloyati mintaqaviy markazi Ayollar tadbirkorligini qo‘llab quvvatlash bo‘yicha mintaqaviy markaz boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat olib borgan.

Qayd etish joiz, bugungi kunda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida Dilfuza O‘rolova, Buxoro viloyatining Olot tumanida Nargiza Ne’matova, Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on shahrida Gavhar Alimova, Andijon viloyatining Bo‘ston tumanida Sanobarxon Nosirova hamda va Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida Nilufar Olloberganova hokim lavozimida faoliyat olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Adham Jakbaraliyevich Qoraboyev Yangi Namangan tumani hokimi lavozimiga,  Muzaffar Abdullayev esa Uychi tumani hokimi lavozimiga tayinlangani haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shirin Dilfuza Qambarova

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing