“Diktator” Mbappe Mao Szedun haqidagi hazili uçun uzr söradi (video)
Sport
−
27 Oktyabr 1288 2 daqiqa
Fransiya terma jamoasi sardori Kilian Mbappe Mao Szedun haqidagi hazilidan söng Xitoyda unga nisbatan boykot e’lon qilingani va uşbu hazili öylanmay aytilganini bildirdi. U X (avvalgi Twitter) ijtimoiy tarmoğida post joylab, intervyu vaqtida aytgan hazili uçun keçirim söradi.
“Yaqindagi intervyu davomida men özimning tasvirimga munosabat bildirgan edim. Mening izohim öylanmay aytilgan edi va endi tuşunib yetdimki, u Xitoydagi hamda butun dunyodagi juda köp xitoyliklarning dilini oğritgan.
Sözlarim tufayli xafa bölgan barçadan keçirim sörayman. Men mutlaqo yomon niyatda aytmaganman. Men xitoy xalqini va uning tarixini çuqur hurmat qilaman hamda çin dildan afsusdaman”, deydi u.
Qayd etiş joiz, avvalroq Kilian Mbappe intervyu davomida özining sevimli internet-memlari haqida gapirib bergan. Biroq uning ba’zi izohlari Xitoyga nisbatan haqorat sifatida qabul qilindi.
Mbappe özining sevimli memi – grafik tahrirçi yordamida qayta işlanib, “qaysidir xitoylik diktator”ning yuziga joylaştirilgan öz qiyofasi ekanini aytgan. Şundan söng futbolçi ba’zi Xitoy kompaniyalari bilan hamkorlikdan mahrum bölgan.
Bundan taşqari, Xitoy televideniyesi Ispaniya çempionati öyinlarini va Mbappe iştirokidagi reklama materiallarini namoyiş etişdan boş tortdi.
Ma’lumot uçun, Mao Szedun (1893–1976) – Xitoy Xalq Respublikasining asosçisi, davlat va siyosat arbobi hamda maoizm nazariyasining muallifidir. U 1949 yilda Xitoy Kommunistik partiyasini ğalabaga yetaklab, XXR taşkil topganini e’lon qilgan va umrining oxirigaça mamlakatni boşqargan. Uning rahbarligi ostida Xitoyda yirik ijtimoiy va iqtisodiy islohotlar, jumladan, “Katta sakraş” hamda “Madaniy inqilob” taşabbuslari amalga oşirilgan bölib, bu jarayonlar mamlakat siyosiy va ijtimoiy hayotiga çuqur va ziddiyatli ta’sir körsatgan. Hozirgi kunda Mao Szedun zamonaviy Xitoy davlatçiligining asosçisi sifatida mamlakat tarixida muhim va e’tiborli örin egallaydi.
Live
Barchasi27 Oktyabr