Diqqat! Toshkentda 26 yoshli ayol qidirilmoqda

Jamiyat

image

Toshkentda bedarak yo‘qolgan 26 yoshli Viktoriya Kuznetsova qidirilmoqda. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, 1995 yilda tug‘ilgan Viktoriya Sarvarovna Kuznetsova joriy yilning 4 may kuni soat taxminan 21:30 da Sergeli tumani, Uchuvchilar shaxarchasida joylashgan uyidan chiqib, qaytib kelmagan.

Belgilari: bo‘yi 165-170 sm, o‘rtacha gavdali, sochi qora uzun.

Egnida: kul rang futbolka, qora jinsi shim, oyog‘ida krossovka bo‘lgan.

“Agar siz Kuznetsova Viktoriya haqida biron bir ma’lumotga ega bo‘lsangiz, yaqin atrofda joylashgan ichki ishlar bo‘limiga yoki 102 raqami orqali xabar berishingizni so‘raymiz”, deyilgan xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

qidiruv

Baholaganlar

786

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing