Diqqat! Sergelida gaz o‘chiriladi

Jamiyat

image

Joriy yilning 30 mart kuni Toshkentning Sergeli tumanidagi 10 dan ortiq mahallada gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Negaki hududdagi gaz quvurida ta’mirlash ishlari olib borilishi rejalashtirilgan.

Ta’mirlash sababli joriy yilning 30 mart kuni soat 9:00 dan 20:00 gacha qator mahallalardagi 3400 ta yerlik va 30 ta ko‘p qavatli uylardagi 400 ta xonadon va ushbu tumandagi qator ulgurji iste’molchilar gazdan uziladi.

Gaz ta’minoti uziladigan hududlar:

•    “Qumariq” MFY;
•    “Obod” MFY;
•    “Yakubov”a MFY;
•    “Ziyokor” MFY;
•    “Qo‘shqo‘rg‘on” MFY;
•    Quruvchilar mavzesi;
•    Qo‘yliq-6 mavzesi.

Zangiota tumanidan Sergeliga o‘tgan mahallalar:

•    “Xonobod” MFY;
•    “Qozoq ovul” MFY;
•    “Istiqlol” MFY;
•    “Kim Pen Xva” MFY;
•    “Beruniy” MFY;
•    “Qumariq” MFY.

“Hududgaz Poytaxt” AJ noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.


Maqola muallifi

Teglar

gaz

Baholaganlar

148

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing