Diqqat! Samarqandda 16 yashar qiz qidirilmoqda

Jamiyat

image

Samarqand viloyatida 16 yoshli qiz qidirilyapti. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lum qildi.

Kattaqo‘rg‘on shahar, “O‘rikzor” MFY, U.Barnayev 1-berk ko‘chasi, 9-uyda yashab kelgan, 2004 yil 14 noyabrda tug‘ilgan Ergasheva Pokiza Jamshid qizi joriy yilning 10 yanvar kuni taxminan soat 17:00 larda yashash uyidan noma’lum tomonga chiqib ketib, bedarak yo‘qolgan.

Alohida belgilari: Buyi taxminan 150-155 sm atrofida, oqdan kelgan, o‘rtacha gavdali, sochi qora rangda uzunligi 80-90 sm atrofida, koshi qora rangda, ko‘zi malla rangda, yuzi ovalsimon, tishlari tabiiy butun, lablari qalin.

Egnida bo‘lgan kiyimlari: to‘q ko‘k rangli tizzasigacha bo‘lgan “Balon” nomli kurtka, qora rangli sport trikosi, och qizil rangli sport kiyimi, oyoqlarida oq rangli ayollar krosovkasi va qora rangli orqaga ilinadigan “Viktoriya Sekret” yozuvli sumkasi bo‘lgan.

Pokiza Ergashevani ko‘rganlar yoki u haqida ma’lumotga ega bo‘lganlar +998901002121, +998662311111, 102, +998662319805 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilishlari so‘ralgan.


Maqola muallifi

Teglar

qidiruv

Baholaganlar

1545

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing