Diqqat! Elchixona Turkiyaga kirish shartlarini ma’lum qildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Turkiya Respublikasi Hukumati chet el davlatlari fuqarolarining (6 yosh va undan katta) mamlakatga kirishi uchun ilgari kiritilgan qoidalarni 2021 yil 31 mayga qadar uzaytirdi. Bu haqda O‘zbekistonning Anqara shahridagi Elchixonasi xabar berdi.

Qoidaga muvofiq, Turkiyaga kelishdan 72 soat oldin PZR testidan o‘tish va ingliz tiliga tarjima qilingan QR-kodli tegishli ma’lumotmona olinishi kerak. Ma’lumotnomada Negative Sars-CoV-2 PCR so‘zlari yozilgan bo‘lishi lozim;

Shuningdek, https://register.health.gov.tr havolasi orqali Turkiya Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi veb-saytida PZR testini topshirish to‘g‘risidagi shaklni to‘ldirish kerak . Bunda xorijga chiqish pasportida yozilgani kabi ingliz tilida ism, familiya, telefon, elektron pochta, aviareys, Turkiyada vaqtincha turish manzili, Turkiyaga kelgunga qadar oxirgi 10 kun ichida tashrif buyurgan mamlakatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi kerak.

To‘ldirilgan ariza shaklini chop eting va uni mobil qurilmaga (smartfon, planshet va h.k.) yuklab oling – anketani to‘ldirgandan so‘ng sayohat paytida taqdim etilishi kerak bo‘lgan shaxsiy HES-kodi hosil bo‘ladi, Turkiyada mehmonxona, qator ob’ektlarni ziyorat qilish va tadbirlarda ishtirok etish uchun ushbu HES-kodni ko‘rsatish talab etiladi. HES-kodini bosma shaklda ham, mobil qurilmaning ekranida ham taqdim etish mumkin.

Jo‘nash aeroportida aviakompaniya xodimiga qog‘ozga chiqarilgan yoki mobil qurilmaga yuklab olingan so‘rovnomani taqdim etish lozim. Anketasiz samolyotga chiqish rad etiladi.

Ta’kidlanishicha, Turkiyaga HES-kodisiz kelgan xorijiy davlatlarning fuqarolariga mamlakatga kirish taqiqlanishi hamda ular o‘zlarining mablag‘lari hisobidan deportatsiya qilinishi mumkin.

Ushbu talab tranzit yo‘lovchilariga taalluqli emas.

Qayd etish joizki, Turkiyada koronavirus infeksiyasi tarqalishi bilan bog‘liq vaziyat jiddiylashmoqda. Bundan avvalroq, mamlakatda 3 kunlik to‘liq lokdaun e’lon qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiya karantin

Baholaganlar

169

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing