Diqqat, abituriyentlar! 5 ta OTMga 24 soat davomida hujjat topshirishi mumkin bo‘ldi

Jamiyat

image

Abituriyentlarga Davlat xizmatlari markazlari orqali oliy ta’lim muassasalarida 24 soat davomida ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati yaratildi. Bu haqda Davlat xizmatlari agentligi Matbuot xizmati xabar berdi.

"So‘ngi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda oliy ta’lim muassasalarida joylashgan qabul kommisiyalarda uzundan-uzun navbatlar va tartibsizlik yuzaga chiqayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.

Endilikda, yuqorida aytib o‘tilgan OTMlarga hujjatlarni kunning 24 soati davomida, o‘zingizga qulay bo‘lgan vaqtda topshirish imkoniga egasiz! Vaqtni besamar sarflamang!

Davlat xizmatlari agentligi qulayliklar yaratishda davom etmoqda", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 2019-2020 o‘quv yili uchun qabul vaqtida quyidagi 5 ta OTMda DXM orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

1. Toshkent davlat yuridik universiteti;

2. Qoraqalpoq davlat universiteti;

3. Guliston davlat universiteti;

4. Farg‘ona davlat universiteti;

5. Samarqand davlat universiteti.


Maqola muallifi

Teglar

OTM qabul abiturient DXM

Baholaganlar

121

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing