Dibalaga Ispaniyaning grand klubi qiziqish bildirmoqda
Sport
−
24 iyun 2022 3609 1 daqiqa
Italiyaning “Yuventus” klubini tark etgan hujumchi Paulo Dibala Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasi qiziqishlari doirasiga tushdi. Bu haqda “Tuttosport” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Madrid klubi yarim himoyachi Marko Asensio jamoani tark etsa, “los blankos” rahbariyati 28 yoshli argentinalik futbolchiga taklif bilan chiqadi.
26 yoshli Asensio Angliyaning “Liverpul” jamoasiga ko‘chib o‘tishga yaqin turibdi. Yarim himoyachining “Real” bilan shartnomasi 2023 yilning iyunigacha amal qiladi.
Ma’lumot o‘rnida, Dibala shu yilning 30 iyun kuni erkin agentga aylanadi. “Real”ning qiziqishidan oldin, Dibalaga asosiy da’vogar sifatida Milanning “Inter” klubi ko‘rilayotgan edi.
Ma’ruf Abdumalikov
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust