Dibala Saudiya klubining 100 million yevrolik taklifini rad etdi

Sport

image

“Roma” hujumchisi Paulo Dibala Saudiya Arabistoni klubi taklifini rad etdi. Bu haqda futbol jurnalisti Nikolo Skira X sahifasida ma’lum qildi.

“Al-Qodisiya” jamoasi argentinalik futbolchiga yiliga 25 million yevrodan 100 million yevrolik to‘rt yillik shartnoma taklif qildi, biroq u Rimda qolishga qaror qildi, chunki Dibala rimliklar safida sovrin yutishni xohlamoqda.

O‘tgan mavsumda Paulo Rim klubi safida 39 ta o‘yinda 16 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

“Al-Qodisiya” yangi mavsumni Saudiya ligasida boshlaydi. Mavsum oralig‘ida jamoa “Boka Xuniors”dan Esekiel Fernandes, “Marsel”dan Per-Emerik Obameyang, “Real”dan Nacho Fernandes, “Kalyari”dan Naitan Nandes va “Volfsburg”dan Koen Kastelslar bilan kuchaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Roma Paulo Dibala Al-Qodisiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made