Diqqat! Chimyonda bir sutkalik ko‘chki xavfi e’lon qilindi

Jamiyat

−

image

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholini Chimyon tog‘i hududida qor ko‘chkisi yuz berishidan ogohlantirdi. 

Vazirlik tomonidan tarqatilgan axborotda ma’lum qilinishicha, bugun, 11 fevral soat 08:00 dan 12 fevral soat 08:00 gacha qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilingan. 

“Aziz dam oluvchilar! Ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishingizni va “Diqqat! Qor ko‘chishi xavfi mavjud” belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni iltimos qilamiz”, deyiladi xabarda. 
 


Maqola muallifi

avatar

.

Baholaganlar

27

Reyting

4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing