DXX yirik miqdordagi “Tramadol” savdosiga chek qo‘ydi

Jamiyat

Davlat xavfsizlik xizmati Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimlari “Toshkent-Denov” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan Alisher Rahmonov boshqaruvidagi Isuzu rusumli yuk avtomashinasi Chiroqchi tumanidagi “Umakay” postida to‘xtatgan. Avtomashina ko‘zdan kechirilganda, uning salonida 30 ming dona “Tramadol” tabletkasi borligi aniqlangan.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu giyohvandlik vositasini fuqaro Bekzod Karimov Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan “Ko‘xinur" to‘yxonasi oldida E’zoza ismli ayoldan 34 million 500 ming so‘mga sotib olishga kelishgan. Shundan 15 million so‘mini berib, yukni Alisher Rahmonovga topshiradi. Haydovchi Alisher Rahmonov esa uni Surxondaryo viloyatiga yetkazib berishi kerak bo‘ladi.

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumani hududida yana bir noqonuniy harakat aniqlangan. Jamoliddin Xursandov boshqaruvidagi yuk avtomobili tekshirib ko‘rilganda, uning yukxonasida ham 30 ming dona “Tramadol” borligi ma’lum bo‘lgan.

Aniqlanishicha, mazkur giyohvandlik vositalarini Toshkent shahrida tug‘ilgan Qobil Po‘latov ismli shaxs Surxondaryo viloyati Denov shahrida tug‘ilgan Olimjon Xursanovga 57 million so‘mga sotgan. Shundan so‘ng, u ushbu vositalarni Adham Jo‘raqulovga beradi. Adham esa ularni yuk sumkasiga joylashtirib, Surxondaryo viloyatiga ketayotgan haydovchi Jamoliddin Xursandovga topshiradi va Denov tumanida akasi Akram Jo‘raqo‘lov olishini aytadi.

O‘zAning yozishicha, hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
 


Maqola muallifi

Teglar

DXX Tramadol

Baholaganlar

127

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing