Tez tibbiy yordam xodimlari qo‘shimcha rag‘batlantiriladi
Jamiyat
−
20 iyul 2020
7764O‘zbekiston Respublikasi vazirlar Mahkamasining “Koronavirus infeksiyasiga qarshi kurash davrida aholini tez tibbiy yordam xizmati bilan keng qamrab olish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2020 yil 20 iyuldan:
a) koronavirus epidemiyasi davrida normativga qo‘shimcha ravishda kechayu-kunduz navbatchilik qiladigan 1 nafar tibbiyot xodimi va 1 nafar haydovchidan iborat ixchamlashtirilgan mobil tez tibbiy yordam brigadalari tashkil etiladi;
b) kuchaytirilgan tartib davrida har oy yakuniga qadar barcha tez tibbiy yordam brigadalarida ishlovchi xodimlarning lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qo‘shimcha to‘lovlar o‘rniga quyidagi miqdorlarda qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirish to‘lovlari belgilanadi:
• vrach xodimlarga – 2,5 mln so‘m;
• o‘rta tibbiyot xodimlariga – 1,5 mln so‘m;
• haydovchilarga – 1,0 mln so‘m.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi epidemiologik vaziyat, shuningdek, tez tibbiy yordam xizmatiga kunlik chaqiriqlar sonidan kelib chiqib ixchamlashtirilgan mobil tez yordam brigadalarining vaqtinchalik normativlari tasdiqlanadi.
LiveBarchasi