Ermatov va Shukurov vazir o‘rinbosari bo‘ldi
Sport
−
08 fevral 2020
10631O‘FA vitse-prezidenti Ravshan Ermatov O‘zbekiston sport vaziriga birinchi o‘rinbosar bo‘ldi. Shuningdek Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Elbek Shukurov ham vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, bugun Oybek Qosimovning o‘rniga Ermatov mamlakat sport vaziri Dilmurod Nabiyevning birinchi o‘rinbosari bo‘lgani e’lon qilingan.
Ravshan Ermatov parallel tarzda O‘FA vitse-prezidenti sifatidagi faoliyatini ham davom ettiradi.
Ermatov 2019 yil 14 iyundan buyon O‘FA vitse-prezidenti lavozimida ishlab keladi.
Elbek Shukurov Toshkent shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari sifatida 2018 yildan buyon faoliyat yuritgan.
LiveBarchasi