Shukurov Turkiya chempionatida gol urgan ilk o‘zbek futbolchisiga aylandi

Sport

image

Turkiya chempionatining 17-turi doirasida o‘zbekistonlik futbolchi Otabek Shukurov o‘ynaydigan “Fotih Kagaryumryuk” klubi safarda "Kayserispor" bilan to‘qnash kelib, 4:2 hisobida g‘alaba qozondi. 

“Fotih Kagaryumryuk” safida Otabek Shukurov 66 daqiqa o‘ynadi. Bahsning 47-daqiqasida Shukurov Turkiya Superligasidagi ilk golini urdi.

Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik futbolchi joriy mavsum turk klubi safida umumiy 14 ta o‘yinda maydonga tushdi. 

Turkiya chempionatida ortda qolgan o‘n yetti turdan so‘ng italiyalik Andrea Pirlo murabbiylik qilayotgan “Fotih Kagaryumryuk” 10-o‘rinda bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Shukurov Fotih Kagaryumryuk

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing