Derevyanchenko Golovkinga qarshi jang uchun tayyorgarlikni yakunladi

Sport

image

Ukrainalik bokschi Sergey Derevyanchenko sobiq jahon chempioni qozog‘istonlik Gennadiy Golovkinga qarshi jang oldidan tayyorgarlikni yakunladi.

“O‘zimni yaxshi his qilmoqdaman. Mashg‘ulotlar reja asosida o‘tdi hamda barchasi yaxshi yakunlandi. Golovkinga qarshi jangda iloji boricha tezroq harakat qilishim kerak. Meni Jeykobsga qarshi jangimda kuchli bokschi ekanligimni isbotladim”, dedi Derevyanchenko.

Boks muxlislari kelayotgan haftada, Derevyanchenko-Golovkin jangini 5 oktyabr kuni kuzatishi mumkin. 

Ma’lumot uchun, Sergey Derevyanchenko 1985 yilda Ukrainada tug‘ilgan. Sergeyning otasi boks bilan shug‘ullangan va bolaligidan uning o‘g‘li ham boksga mehr qo‘ygan. 10 yoshida Sergey o‘z ona shahri Feodosiyada boks bilan shug‘ullana boshladi. 2000 yilda u Ukraina bolalar chempionatida birinchi o‘rinni egalladi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Sergey Derevyanchenko Gennadiy Golovkin

Baholaganlar

26

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing