Deputatning vafoti haqida xabarlar tarqaldi. Yaqinlari buni rad etmoqda
Olam
−
26 Sentabr 2023
15901Komada qolayotgan Ozarbayjon Milliy Majlisi (parlamenti) deputati Ganira Pashayevaning vafot etgani haqiida xabar tarqaldi. Uning oila a’zolari deputat tirikligi, ammo hamon og‘ir ahvolda qolayotganini ma’lum qilib, fuqarolarni tasdiqlanmagan xabarlarga ishonmaslikka chaqirdi.
Pashayeva davolanayotgan Markaziy klinikadagi manbasi asoslanib “Report” nashrining yozishicha, deputatning reanimatsiya va intensiv terapiya bo‘limida qolmoqda. Uning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda.
Deputat yordamchisi Elbey Badirovga ko‘ra, Pashayevaning ahvolida hech qanday o‘zgarish yo‘q.
“Uning ahvoli bir xil. Shifokorlar barcha zarur choralarni ko‘rmoqda. Fuqarolardan noaniq ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘rayman”, deydi Badirov.
Eslatib o‘tamiz, 24 sentyabr kuni Ganira Pashayeva kelib chiqishi noma’lum gipotonik holat tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgandi. Taxminlarga ko‘ra, deputatning komaga tushishiga dori-darmonlar sabab bo‘lgan. Uning davolanishi mamlakat birinchi vitse-prezidenti Mehribon Aliyeva prezidentligidagi Haydar Aliyeva fondi tomonidan nazoratga olingan.
Ma’lumot uchun, Ganira Aleskar qizi Pashayeva 1975 yil 24 mart kuni Ozarbayjonning Tovuz viloyatida tug‘ilgan. U 1998 yildan ANS TV telekompaniyasida muxbir, bosh muharrir o‘rinbosari lavozimlarida ishlab kelgan. 2005 yilda u Haydar Aliyev jamg‘armasining jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limini boshqargan. 2005 yil 6 noyabrda 105-Tovuz saylov okrugidan deputat etib saylangan.
Shu bilan birga, u 2011 yil aprel oyida Turkiyadagi arxiv materiallari va guvohlarning so‘zlariga asoslanib, XX asr boshlarida turklar armanlarga qarshi genotsid qilgani haqida film suratga olgan. U Ozarbayjon yozuvchisi G‘azanfar Pashayevning jiyani hisoblanadi.
Ganira Pashayeva O‘zbekistonga ham tez-tez kelib turadi. U so‘nggi tashrifida O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati Qonunchilik palatasi va Senatida mehmon bo‘lib, deputat va senatorlar bilan muloqot qilgan edi. Shuningdek, O‘zbekiston Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov bilan ham uchrashuv o‘tkazgan. Ganira Pashayeva Samarqand, Farg‘ona va Xorazm viloyatlarida bir necha bor mehmon bo‘lib, O‘zbekiston haqida ozar tilida kitob nashr ettirgan.
Shuningdek, uning she’rlar to‘plami ham o‘zbek tiliga tarjima qilingan.
LiveBarchasi