Deputatlar yangi Qurilish vaziri nomzodini tasdiqladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vaziriligiga yangi rahbar nomzodi deputatlar tomonidan ma’qullandi. Bu haqda “Yuksalish” umummilliy harakati xabar berdi.

Bugun, 29 avgust kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vaziri lavozimiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Botir Zokirov nomzodini ma’qulladilar. U bunga qadar vazirlikda vazir o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Botir Zokirov bundan oldin O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi sifatida ishlagan. Undan avval esa bosh vazir o‘rinbosari — Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi raisi — Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbari bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abduqahhor To‘xtayev Shayxontohur tumani hokimi etib tayinlanganligi munosabati bilan ushbu lavozim vakant bo‘lib turgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

deputat Botir Zokirov

Baholaganlar

31

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing