Deputatlar “uchastkoviy”lar vakolatini kengaytirishga qarshi chiqdi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Avvalroq, IIO FMB profilaktika inspektorlariga elektr, issiqlik energiyasi, gaz, suvdan noqonuniy foydalanganlarni jarimaga tortish vakolati berilishi mumkinligi xabar qilingandi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyevning ma’lum qilishicha, profilaktika inspektorlariga yangi vakolatlar berish taklifi rad qilindi.

“Profilaktika inspektorlariga elektr, issiqlik energiyasi, gazdan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish va jazo qo‘llash vakolati berilmaydigan bo‘ldi. Deputatlarning ko‘pchiligi bunga qarshi ovoz berishdi”, degan Kusherboyev.

Qonun loyihasini ko‘rib chiqishda deputatlar ushbu vazifalarni profilaktika inspektorlariga o‘tkazish ularda asosiy ishidan tashqari ish ko‘lamini orttirib,  manfaatlar to‘qnashuvi, korrupsion holatlar ko‘payishiga sabab bo‘lishi mumkinligini bildirishgan. 

Qonun loyihasi tegishli qo‘mitaga qaytarilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rasul Kusherboev profilaktika inspektori

Baholaganlar

374

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing