Deputatlar Toshkentda yana bir tuman tashkil qilishni ma’qulladi
Jamiyat
−
08 Sentabr 2020
8971Toshkent shahrida tumanlar soni bittaga ko‘paydi. O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilki palatasining bugun, 8 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisida poytaxt chegarasini o‘zgartirish masalasi ko‘rildi.
Majlisda deputatlar Toshkent viloyati Zangiota, Quyichirchiq, Yangiyo‘l va O‘rtachirchiq tumanlarining, Toshkent shahri Sergeli va Bektemir tumanlarining, shuningdek Toshkent viloyati va Toshkent shahrining chegaralarini o‘zgartirish hamda Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumanini tashkil etish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqdilar.
O‘zgarishlarga ko‘ra, Toshkent shahri hududidan 2 131,2 gektar, shu jumladan, Sergeli tumanidan 1 864,2 gektar va Bektemir tumanidan 267,0 gektar hamda Toshkent viloyati hududidan 2 288,4 gektar, ya’ni Zangiota tumanidan 492,0 gektar, Quyichirchiq tumanidan 128,7 gektar, Yangiyo‘l tumanidan 264,4 gektar va O‘rtachirchiq tumanidan 1 403,3 gektar yer maydonlari Yangihayot tumani tarkibiga o‘tkaziladi.
Ma’lumot uchun,O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 may kuni Toshkent shahri Sergeli tumaniga tashrifi davomida poytaxtda yangi tuman tashkil qilishga ko‘rsatma bergandi.
Qayd etilishicha, yangi tuman tuzilishi mazkur hududda yagona boshqaruvni yo‘lga qo‘ygan holda, aholi uchun ijtimoiy-maishiy qulayliklar yaratishni nazarda tutadi.
Toshkentda bugungacha 11 ta tuman mavjud bo‘lgan. Bular: Mirzo Ulug‘bek, Yunusobod, Mirobod, Yashnobod, Sergeli, Chilonzor, Yakkasaroy, Shayxontohur, Olmazor, Uchtepa, Bektemir tumanlari.
LiveBarchasi