Farzandini 7-qavat derazasidan chiqarib, xavf ostiga qo‘ygan ona shifoxonaga yuborildi (video)
3-sahifa
−
17 fevral 2956 1 daqiqa
Toshkentda farzandini 7-qavatdan chiqarib, videoga olgan ayol ruhiy-asab kasalliklari shifoxonasiga yuborildi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Yangihayot tumani “Yangi Choshtepa” mahallasi hududida 2001 yilda tug‘ilgan N.K. voyaga yetmagan farzandini yettinchi qavatdan derazadan chiqarib, videoga olgan va ijtimoiy tarmoqqa joylagan.
Hozirda N.K.ning ruhiy holatini tekshirish uchun ruhiy-asab kasalliklar shifoxonasiga yuborilgan. Shuningdek, uning farzandiga jiddiy zarar yetmagan va bola yaqin qarindoshlari nazoratiga topshirilganligi bildirilgan.
“Ushbu holat bo‘yicha Yangihayot tumani IIO FMBB tergovga qadar tekshiruv o‘tkazmoqda va yakunda qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, deyiladi rasmiy bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada TikTok jonli efirida farzandini kaltaklagan onaga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-(Haqorat qilish) va 47-moddasi (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) bilan ma’muriy javobgarlikka oid ish qo‘zg‘atilib, ish materiallari ko‘rib hal qilinishi uchun sudga yuborilgan edi.
Live
Barchasi