Namanganda yangi tuman tashkil etiladi

Jamiyat

image

Bugun, 8 sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari “Namangan viloyati Namangan shahar tarkibida Davlatobod tumanini tashkil etish to‘g‘risida”gi masalani ko‘rib chiqdilar. Bu haqda quyi palata Matbuot xizmati xabar berd.

Yangi Davlatobod tumani tarkibiga Namangan shahrining “Yuksalish”, “Navro‘z”, “Nurobod”, “Gulshan”, “Orzu”, “Porloq”, “Navbahor”, “Mustaqillik”, “To‘quvchi”, “Umid”, “Yangi tong”, “Xalqlar do‘stligi”, “Davlatobod”, “Quyi G‘irvon”, “Yuqori G‘irvon”, “O‘rta G‘irvon”, “Bog‘”, “Elobod”, “Gulobod”, “Irvadon”, “Shishaki”, “Quyi Rovuston”, “O‘rta Rovuston”, “Yuqori Rovuston” va “Yelxon” mahalla fuqarolar yig‘inlarining hududlari o‘tkazilishi nazarda tutilmoqda.

Mazkur qaror tasdiqlashi uchun Oliy Majlis Senatiga yuborildi.

Deputatlarning ta’kidlashicha, bu o‘zgarishlar hududda yangi infratuzilma ob’ektlari barpo etilishi hamda aholiga xizmat ko‘rsatish tizimining yanada yaxshilinishga xizmat qiladi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 26-27 iyun kunlari Namangan viloyatiga tashrifi davomida Namanganda yangi tuman tashkil qilish bo‘yicha topshiriq bergandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Namangan ma'muriy birlik

Baholaganlar

157

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing