Deputatlar bog‘chalar to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi
Jamiyat
−
23 Oktabr 2019
6190Kecha, 22 oktbyar kuni Oliy Majlis parlament quyi palatasining majlisida O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi qonuni loyihasi deputatlar tomonidan katta qiziqish bilan ko‘rib chiqildi.
Deputat va ishchi gurux a’zolari qonun loyihasining har bir bandining mohiyatini va natijadorligini ochiq ham konstruktiv ko‘rib chiqqan.
Mazkur qonun loyihasi 11 ta bob va 58 ta moddadan iborat bo‘lib, u mamlakatda davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘rtasida sog‘lom raqobatni vujudga keltirish orqali maktabgacha ta’lim bilan bolalar qamrovi ko‘lamini bosqichma-bosqich oshirishga, ularga soliq imtiyozlari va preferensiyalar, byudjet subsidiyalarni ajratish hamda maktabgacha ta’lim-tarbiyaning muqobil shakllarini joriy etishga ko‘maklashadi.
Qonun loyihasi maktabgacha ta’lim tashkilotlarining hukuk va majburiyatlari, ularni davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish, nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarining faoliyatini litsenzilash, maktabgacha ta’lim va tarbiya standarti, ish rejimi, maktabgacha ta’lim tashkilotlariga qabul qilish va ulardan chiqarish va boshqa ko‘plab tartib qoidalar endilikda qonun doirasida belgilab beriladi.
Quyi palata majlisida bir ovozdan qabul kilingan “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi qonuni ma’qullash uchun Senatga yuborildi.
LiveBarchasi