Deputatlar atom energiyasidan foydalanish to‘g‘risidagi qonunni qabul qilmay, qaytarib yubordi

Jamiyat

image

Bugun, 12 iyun kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlisning yalpi majlisida “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonun loyihasi muhokama qilindi.

Qonunning asosiy maqsadi — iqtisodiyotning yangi tarmog‘i hisoblanuvchi ushbu sohaning huquqiy asoslarini yaratish. O‘zbekistonda bugungi kunga qadar atom energiyasi masalalarini tartibga soluvchi maxsus qonun ishlab chiqilmagan.

Qonunning asosiy vazifasi atom energiyasidan foydalanishda xavfsizlikni ta’minlashdan, insonning hayoti va sog‘lig‘ini, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulkini, atrof-muhitni radiatsiyaviy ta’sirdan himoya qilishdan, atom energiyasidan foydalanish sohasida O‘zbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya etishdan iboratdir.

Muhokamalar davomida deputatlar, qonun loyihasida ko‘plab qarama-qarshiliklar va aniqlik kiritilishi lozim bo‘lgan normalar (shu jumladan, xorijiy tajribani o‘rganish) borligiga e’tiroz bildirishdi. Ularning hisoblashicha, hujjatda sohada jamoatchilik nazoratining aniq mexanizmlariga oydinlik kiritish lozim.

Parlament a’zolari qonun loyihasini Oliy Majlis Qonunchilik palatasi mas’ul qo‘mitasiga qayta ishlash uchun yuborish haqida qaror qabul qildi.


Maqola muallifi

Teglar

qonun atom energiyasi

Baholaganlar

54

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing