“Deputat reytingi” onlayn tizimini joriy etish taklif qilindi

Jamiyat

image

Deputatlar bilan barcha fuqarolarning erkin tanishish imkoniyatini yaratish taklif qilindi. Bu haqda “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portaliga Innovatsiyalar va AKT yo‘nalishida Dinmuxammadeli Abdijamilov tomonidan joylashtirilgan petitsiyada keltirib o‘tilgan.

Unda qayd etilishicha, mahalliy kengashlardagi deputatlar o‘z vazifalarini to‘liq bajarmaydi. Shuning uchun, aholining ko‘pchiligi mahalliy kengashlarning deputatlari sayloviga unchalik katta qiziqish bildirmaydi. Ularning faoliyati natijalarini ko‘rib bo‘lmaydi

Bildirilishicha, eng ko‘p ishlashi lozim bo‘lgan va xalq bilan eng yaqin muloqotga kirishadigan vakillar mahalliy kengashlarning a’zolari bo‘lishlari kerak. 

Murojaatga asosan, xalq deputatlari mahalliy kengashlari deputatlarining faoliyat reytingini joriy etish maqsadga muvofiq. 

“Xalq deputatlari mahalliy kengashlari deputatlarining ish faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida “Deputat reytingi” onlayn tizimini joriy etishni va u bilan barcha fuqarolarning erkin tanishish imkoniyatini yaratishni taklif qilamiz”, deyiladi murojaatda.

Shuningdek petitsiya ostida qoldirilgan izohda har bir deputatning saylov oldi dasturini Senatdan tasdikdan o‘tkazib, ushbu reytingda dasturning amalga oshirilishi buyicha baholash mezonini tashkil kerakligi qayd etilgan. Deputatlik muddati tugagan deputalarga bajargan ishlari hamda to‘plagan ballari bo‘yicha rag‘bat yoki chora ko‘rishni yo‘lga qo‘yish so‘ralmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

petitsiya Deputat

Baholaganlar

33

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing