Deputat parlament binosidan o‘lik holda topildi

Olam

image

Bugun, 19 avgust kuni Finlyandiya parlamentining binosida deputat o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda “Iltalehti” nashri xabar berdi.

Favqulodda xizmatlarga hodisa haqida signal soat 11:06 da kelib tushgan. Gazeta manbalari marhum deputat bo‘lgani haqida aytmoqda, biroq uning ismi oshkor qilinmagan. Parlament xavfsizlik xizmati rahbari Aaro Toyvonen bu ma’lumotlarni rad etmagan.

Politsiya hodisa yuzasidan tekshiruv boshlagan. Huquq-tartibot idoralari marhumning o‘limida jinoyat alomatlari yo‘qligini qayd etgan. Voqea joyida bir necha politsiya patrullari va shifokorlar ishlamoqda. 

“Koalitsiya” partiyasi fraksiyasi raisi Yukka Kopra bu fojiani vazirlarning yozgi yig‘ilishi chog‘ida jurnalistlardan eshitganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, vafot etgan deputat qaysi partiyadan bo‘lgani unga noma’lum. Siyosatchi bu voqeani “achinarli va jiddiy hodisa” deb atagan.

Parlamentda hozirda yozgi ta’til davom etmoqda. Kuzgi sessiya 2 sentyabrga belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

parlament Finlyandiya Aaro Toyvonen

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing