Deport: Umraga borgan 14 o‘zbekistonlik Jiddadan Toshkentga qaytarib yuborildi
Jamiyat
−
03 dekabr 2019
29144Ma’lumki, O‘zbekistonda Umra ziyoratiga yuboruvchi turfirmalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Biroq, ular orasida muqaddas ziyorat ortidan mo‘may daromad topish maqsadida odamlarni aldayotganlar ham uchrab turibdi. Masalan, joriy yilning 26 noyabr kuni Andijon viloyatida joylashgan turistik firmalardan biri tomonidan Jidda shahriga borgan 14 nafar o‘zbekistonlikning vizasi qalbaki bo‘lib chiqdi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Diniy qo‘mita Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu turfirma 14 nafar o‘zbekistonlik ziyoratchilarga qalbaki vizalarni rasmiylashtirgan va Saudiya Arabistoniga yuborgan. Saudiya Arabistoni chegara xizmatining ma’lum qilishicha, ularning vizasi bekor qilinib, mamlakatga kiritilmasdan deportatsiya qilingan.
Jidda shahridagi Bosh konsulxona va “O‘zbekiston havo yo‘llari” AKning Saudiyadagi vakillari bilan hamkorlikda holat yuzasidan barcha zaruriy tashkiliy tadbirlar amalga oshirilib, 27 noyabr kuni “Jidda-Toshkent” aviaqatnovi bilan yuqoridagi 14 nafar fuqaro O‘zbekistonga qaytarilgan.
LiveBarchasi