Denovlik tikuvchi ayolga “Mardlik” ordeni topshirildi (video)

Jamiyat

image

Dunyoning eng ruhlantiruvchi “Top-100” ayoli ro‘yxatiga kirgan denovlik Dilorom Yo‘ldosheva bugun, 13 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tegishli farmoniga muvofiq “Mardlik” ordeni bilan mukofotlandi. 

“Aziz do‘stlar, og‘ir vaziyatdan chiqib, qahramonlik ko‘rsatayotgan insonlar juda ko‘p. Sizlar dunyoning eng ruhlantiruvchi ayollari ro‘yxatiga kirgan denovlik Dilorom Yo‘ldoshevani ishlari e’tiborga molik ekanini ko‘rdingiz. Bu ayol nogiron bo‘lishiga qaramay, tikuv korxonasini ochib, qirq nafar kambag‘al xotin-qizlarni ish bilan ta’minladi. Shunday irodali va matonatli insonlarni o‘rnak qilib ko‘rsatishimiz lozim. Mana shu sababli Dilorom Yo‘ldoshev “Mardlik” ordeni bilan taqdirlandi.

Ba’zilar, mardlik ordeni faqat mudofaaga yoki ichki ishlar (organlari xodimlari)ga berilishi kerak deb o‘ylashadi. Ammo men ishonaman, Dilorom Yo‘ldoshevadek mardlik ko‘rsatgan insonlarga ham berilishi kerak. Bu O‘zbekistonda yangi tajriba bo‘ladi”, dedi Prezident Mirziyoyev bugungi yig‘ilishda.

Dilorom Yo‘ldoshevaga ordenni Prezident nomidan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov topshirdi. 

Videoselektorda Dilorom Yo‘ldosheva ham so‘zga chiqdi.

Ma’lumot uchun, Dilorom Yo‘ldosheva nogironligi bor bo‘lsa-da, tikuv korxonasini ochib, 40 nafar kambag‘al xotin-qizlarni ishli qilgan. U BBC tomonidan tuzilgan dunyoning “100 ayoli” ro‘yxatiga kirdi.  


Maqola muallifi

Teglar

Dilorom Yo'ldosheva

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing