Denovda erkak aka-singilni kaltakladi
3-sahifa
−
24 avgust 2021 13375 1 daqiqa
Joriy yilning 28 iyul kuni Surxondaryo viloyati Denov tumanida erkak janjal sabab aka-singilni kaltakladi. Bu haqda viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Matbuot xizmati xabar qildi.
Hodisa Denov tumanidagi “Lolazor” mahallasida joylashgan “Xalqabod” buyum bozori hududida sodir bo‘lgan. 28 iyul kuni soat 11:00 da tumanning “Sanoatchilik” mahallasida yashovchi, X.Safarali bozorda savdo qilayotgan, tumanning “Buyuk kelajak” mahallasida yashovchi, S.Gulchehra bilan o‘zaro tortishuvi oqibatida janjallashib, qo‘li bilan duch kelgan joylariga urgan. Uni ajratmoqchi bo‘lib kelgan S.Gulchehraning akasi S.Bahodirni ham yuziga va duch kelgan joylariga urib, “yengil” tan jarohati yetkazgan.
Holat yuzasidan 11 avgust kuni X.Safaraliga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Live
BarchasiRossiyada o‘z chaqalog‘ini tashlab, qochib ketgan ayol bolasi bilan O‘zbekistonga qaytarildi
26 dekabr
Shavkat Mirziyoyev o‘zining oldingi va rahbarlarning hozirgi maoshida katta farq borligini aytdi
26 dekabr