Keminda 14 yashar qizni o‘ldirgan 20 yashar qotil qo‘lga olindi
Olam
−
23 Sentabr 2019
7524Bir hafta oldin koloniyadan ozod qilingan qirg‘izistonlik 20 yashar yigit Chuy viloyatining Kemin tumanida yashovchi 14 yoshli o‘quvchini o‘ldirishda gumon qilinib hibsga olingan. Bu haqda Turmush xabar bermoqda.
O‘quvchi qiz 20 sentyabr kuni uydan chiqib ketdi va qaytib kelmadi. 22 sentyabr kuni ertalab soat 6:00 da, qizning 57 yoshli buvisi militsiyaga murojaat qilgan.
Tez orada militsiya o‘quvchi qizning jasadini Kemin shahridagi tashlandiq uylardan birida topgan. U kaltaklanish natijasida vafot etgani aniqlandi.
Tezkor tadbirlar natijasida koloniyani yaqinda tark yetgan 20 yoshli gumondor ushlandi. U qotillikni tan oldi. Yigitning so‘zlariga ko‘ra, u qizni zo‘rlash uchun tashlandiq uyga sudrab borgan. Ammo jabrlanuvchi faol qarshilik ko‘rsatgan. Bu tajovuzkorni g‘azablantirgan va u qizni urib o‘ldirdi.
Qizning ota-onasi u ikki haftalik bo‘lganida ajrashib, chaqaloqni buvisi qaramog‘ida qoldirishadi.
3-sonli maktab direktori Dilbara Asankulovaning so‘zlariga ko‘ra, bunday oilalar ko‘pincha nosog‘lom deb hisoblanadi, lekin bu qiz alohida nazoratga muhtoj bo‘lmagan.
U yaxshi o‘qigan, hech kim bilan ziddiyatga bormagan. Buvisi nabirasini yaxshi tarbiyalagan. U maktabdagi barcha tadbirlarda faol bo‘lgan.
LiveBarchasi