Demokratlar Baydenni kambag‘al davlatlarga ko‘proq vaksina yetkazib berishga chaqirdi
Olam
−
04 iyun 2021
2907Demokratlardan iborat 30 kishilik kongressmenlar guruhi AQSH Prezidenti Jo Baydenni dunyo bo‘ylab COVID-19 vaksinasi tanqisligini bartaraf etish choralarini ko‘rishga chaqirdi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
“Biz sizni dunyo aholisini tezroq emlash bo‘yicha dadil, keng qamrovli strategiyani ilgari surish uchun qo‘shimcha choralar ko‘rishga chaqiramiz”, deyiladi AQSH Vakillar palatasi a’zolarining maktubida.
Qonun chiqaruvchilar Prezidentni butun dunyoda vaksina etishmovchiligini bartaraf etish uchun tezkor choralar ko‘rishga chaqirdi.
“Dunyo kutib o‘tirmaydi. AQSH tezkor harakat qilishi va barcha vositalardan foydalanishi shart”, deydi qonunchilar.
Qayd etilishicha, Bayden ma’muriyati ko‘rib chiqishi kerak bo‘lgan harakatlar qatoriga muhtoj mamlakatlarga 80 million doza COVID-19 vaksinasini yetkazib berish va global vaksina sammitini yaratish kiradi.
Avvalroq Bayden AQSH 25 million dozadagi vaksinani xayriya qilishini aytgandi. Ulardan, taxminan, to‘rtdan uch qismi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining COVAX dasturiga, qolgan qismi to‘g‘ridan-to‘g‘ri tanlangan mamlakatlarga beriladi.
LiveBarchasi