Demokratlar AQSHning Isroilga bomba sotishini taqiqlamoqchi
Olam
−
21 may 2021
5344AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Isroilga 735 million dollarga qurol sotilishini taqiqlamoqchi. Tegishli qaror AQSH Kongressiga senator Berni Sanders tomonidan yuborilgan.
Hujjatni Vakillar Palatasining demokrat a’zolari — Aleksandriya Okasio-Kortez, Mark Pokan va Rashida Tlaib ham qo‘llab-quvvatlagan. Sandersning so‘zlariga ko‘ra, Isroilga “G‘azo sektorini yo‘q qiladigan hamda ayollar va bolalarni o‘ldiradigan” Amerika bombalarini sotish haqidagi qaror Kongressda muhokama qilinmasdan turib, qabul qilinishi mumkin emas.
Sandersning ta’kidlashicha, Qo‘shma Shtatlar Isroil va Falastin o‘rtasidagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal qilishga hissa qo‘shishi shart va qurol-yarog‘ yetkazib berishni to‘xtatish bunga yordam beradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Isroil HAMAS bilan o‘t ochishni to‘xtatishga kelishib oldi.
LiveBarchasi