“Demak, sen buni uyushtiryapsan!” – Ortiqxo‘jayev jurnalistlarning tanqidida Allamjonovni ayblagan(mi?)

Jamiyat

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komiljon Allamjonov o‘ziga nisbatan hokim va boshqa mansabdorlardan ommaviy axborot vositalari va jurnalistlarning erkin faoliyati yuzasidan e’tiroz bo‘lib turishini aytdi. U bu haqda bugun, 19 dekabr kuni Toshkent shahridagi “Yangi O‘zbekiston — yangi saylovlar” shiori ostida navbatdagi munozaralar majlisida ma’lum qilgan. 

“Jurnalistlarning himoyachisi sifatida menga ham oson emas. Chunki, jurnalistlar agarda davlat organlari xodimlari bilan bunday muammolarga duch kelsa, men hamkasblarim bilan bunday muammoga duch kelaman. 

Bir kuni mening bir hamkasbim aytyapti: “Meni ko‘p tanqid qilishadi jurnalistlar. Demak sen buni uyushtiryapsan”. U sizni tanqid qilayotgan bo‘lsa, mening bunga qanday aloqam bor deb so‘rasam, “sen shu jurnalistlar, blogerlarning kattasisan-ku. Sen shu yo‘lni ochib beryapsan. Agar sen shularga sharoit qilib bermasang, o‘zingni qahramon qilib ko‘rsatib, “Men sizlarni himoya qilaman”, - deb ularga yordam bermasang, ular shu narsani gapirolmasdi”, dedi. Keyin men aytdim, u bir hokim edi: kechirasiz, siz hokim ekansiz, siz masalan, men Tosh... e-e-e ...shu territoriyada biror bir qurilishni sizning ruxsatingizsiz qila olishim mumkinmi yoki yo‘q? Yo‘q. Nimaga unda, masalan, siz mening ruxsatimsiz yoki bo‘lmasa, OAV bilan bemalol o‘z ishingizni amalga oshiryapsiz? Demak, shu territoriyada bir muammo bo‘lsa, siz javob berasiz degani jurnalistlar agar erkin ishlasa men javob berishim kerakmi, degan o‘zimizda ham qiyinchiliklar juda ko‘p”,  - deydi Komiljon Allamjonov. 

Taxminimizcha, Allamjonovga yuqoridagi gaplarni Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Jahongir Ortiqxo'jaev Komiljon Allamjonov

Baholaganlar

1680

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing