Dekabrda xavfli bo‘lgan 3 ta asteroid Yer yuzidan uchadi – NASA

Bu qiziq

image

Joriy yilning 25 dekabr kuni uchta asteroid Yer yuzidan uchib o‘tadi. Bu ma’lumot NASA'ning Yerga yaqin ob’ektlarni o‘rganish markazi tomonidan taqdim etilgan. 

Qayd etilishicha, ularning eng kattasi 2014 SD224 deb nomlanadi. Uning diametri 210 metrni tashkil qiladi. U kattaligi tufayli Yerga yaqin "potensial xavfli" ob’ekt hisoblanadi. Ammo, olimlar hisob-kitoblariga ko‘ra, u sayyoramizdan 3 million kilometr uzoqlikdagi masofadan o‘tadi. 

Ta’kidlanishicha, ushbu asteroid avval Yerga 2020 yilning 26 yanvarida yaqinlashgan va uning navbatdagi "tashrifi" 2021 yilning 18 dekabrida bo‘lishi kutilmoqda. 

Boshqa ikkita asteroid, 2020 XY va 2020 YM1 ham potensial xavfli deb hisoblanadi, ammo Yer uchun xavf tug‘dirmaydi.

Olimlar Yerdan 0,05 astronomik birlik ichida joylashgan va diametri 140 metrdan ortiq bo‘lgan kosmik jismlarni "potensial xavfli" asteroidlar toifasiga kirishini ta’kidlagan. 

Ma’lumot o‘rnida, ayni paytda 18 mingga yaqin bunday ob’ektlar ma’lum.


Maqola muallifi

Teglar

NASA

Baholaganlar

268

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing