De Yong “Barsa”ni tark etishni istamayapti

Sport

image

Angliyaning “Manchester Yunayted” klubiga o‘tishga yaqin turgani aytilayotgan Frenki de Yong “Barselona”ni tark etish niyatida emas.
“Manchester Yunayted”dan tashqari “Manchester Siti”, “Bavariya” va “PSJ” kabi klublardan taklif bo‘lishiga qaramay, 25 yoshli yarim himoyachi hech qaysi jamoa bilan kelisha olmadi, chunki u “Barselona”da qolmoqchi.

Cadena SER xabariga ko‘ra, gollandiyalik futbolchi Chempionlar ligasining keyingi mavsumida o‘ynamaydigan klubga o‘tishni istamayapti.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Yunayted” de Yongni 75 million yevro evaziga sotib olishga yaqin turgani haqida aytilgandi. Niderlandiyalik futbolchining Angliyaga ko‘chib o‘tishini “Ayaks”da birga ishlagan ustozi Erik ten Xag ham hal qilishi mumkin. 

Kamronbey Kenjayev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

De Yong

Baholaganlar

13

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing