“Barselona” jiddiy yo‘qotishlarga uchradi

Sport

image

4 martga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tgan Ispaniya chempionati doirasida “Atletik Bilbao”ga qarshi o‘yinda (0:0) “Barselona” jarohatlar tufayli asosiy tarkibdan ikki nafar muhim futbolchisini yo‘qotdi. Bu haqda RAC1 xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, klub yarim himoyachisi De Yong to‘pig‘idan jarohat olgan, Pedrida esa sonidagi jarohati og‘riq bergan. Ikkala futbolchi ham Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasidagi “Napoli”ga qarshi javob o‘yinini o‘tkazib yuboradi.

Pedrida bu mavsumda o‘ynash imkoniyati bor. Uning jarohati jarrohlik amaliyotini talab qilmaydi va katta ehtimol bilan Pedri mavsum hamda Yevro-2024 o‘yinlarida maydonga tushishi mumkin.

De Yongning tiklanish vaqti esa hozircha noma’lum.

Qayd etish joiz, 2021 yilning yozidan beri Pedri jarohati sabab 71 ta o‘yinni o‘tkazib yubordi. O‘shandan beri futbolchi to‘qqizinchi marta jarohat oldi. 21 yoshli Pedri joriy mavsumda 24 ta o‘yin o‘tkazib, 2 ta gol va 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. 26 yoshli De Yong esa 27 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Atletik Bil'bao Pedri De Yong

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing