De Yong bir oyga safdan chiqdi – OAV

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” jamoasi yarim himoyachisi Frenki de Yong klubning so‘nggi mashg‘ulotida jarohat oldi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Dastlabki tekshiruvlar natijasiga ko‘ra, 28 yoshli futbolchida son suyagi yorilishi aniqlangan. Manbaga ko‘ra, De Yongning tiklanish davri kamida bir oy davom etishi mumkin.

Joriy mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalarda 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. “Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining bozor qiymati 45 million yevroni tashkil etadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq katalon klubining azaliy raqibi “Real Madrid” himoyachisi Raul Asensio “Benfika”ga qarshi Chempionlar ligasi pley-off bosqichida jiddiy jarohat olib shifoxonaga yotqizilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona jarohat De Yong

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing