Tomosha tugadi! Xavi De Yongni sotmaydi

Sport

image

“Barselona” bosh murabbiyi Xavi yarim himoyachi Frenki De Yongning jamoadan ketishi mumkinligi haqidagi savollarga javob qaytardi.

Mutaxassisning fikricha, murabbiylar shtabi niderlandiyalik futbolchiga umid bog‘lamoqda.

"Bizga Gavi va De Yong kabi futbolchilar kerak. Frenki, Riki Puch va Gavi jamoadan ketmaydi. Biz ularni sotish haqida o‘ylamayamiz. Bu futbolchilar klubimizning umidi va ularga ishonamiz”, deydi Xavi.

Joriy mavsumda De Yong 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golga assistentlik qildi. Futbolchining transfer narxi 90 million yevroga baholangan. Unga “Manchester Siti” taklif bilan chiqqan, biroq “ko‘k-anorranglilar” rad javobini bergan.

Ma’lumot uchun, Italiyaning “Tuttosport” gazetasi Yevropaning 21 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi futbolchisi uchun “Golden Boy” mukofoti g‘olibini e’lon qilgan va ushbu sovrin “Barselona”ning 18 yoshli futbolchisi Pedri Gonsales Lopesga nasib etgan edi
 


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Xavi Rikki Puch Gavi De Yong

Baholaganlar

95

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing